PROKUROR SPORTCHI O'QUVCHILARNI RAG'BATLANTIRDI
Respublikamizning barcha hududlarida kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish, uning nufuzini jahon arenalarida yuksaltirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 9 sentabr kuni Gurlan tumani 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida sport musobaqalarida yaxshi natijalarga erishib kelayotgan yosh mahoratli kurashchilar tuman prokurori hamda Gurlan tuman turizm va sport bo'limi hamkorligida Koreya Respublikasining “Good Neighbors International” Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining G'arbiy Osiyo koordinatsion ofisi tomonidan memorandum doirasida O'zbekiston Kurash fedaratsiyasi nomiga jo'natilgan mahsulotlar yosh sportchilarga topshirildi.
Tadbirda tuman prokurori Q.Raxmanov qatnashdi va sportchi yoshlarni mustaqilligimizning 30 yilligi bilan muborakbod etdi. Shuningdek, sportchi yoshlarning yutuqlari yanada sarbaland bo'lishiga umid bildirilib, ularga sovg'alar tarqatildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 738 marta