Oila–muqaddas dargohdir!
Gurlan tumani “Nukus” mahallasida “Ajrim – yechim emas!” va “Oila – muqaddas dargohdir” mavzusida ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, notinch oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i G.Qurbanbaeva, viloyat IIB JXX XPB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik D.Bog‘ibekova, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Adliya bo‘limi, tuman xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar, psixologlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar jamiyatda oilaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, aholi va yoshlar o‘rtasida nikoh hamda ajrimlarning farzand tarbiyasi va ruhiyatiga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi mazmunli fikr-mulohazalar bildirishdi.
Mas’ullar ishtirokida olib borilgan tushuntirishlar natijasida tadbir yakunida ajrim yoqasidagi 10 nafar oila shu joyning o‘zida yarashtirishga erishildi hamda ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 590 marta