Odam savdosi –millatga xiyonatdir.
Tinchlik –osoyishtalik har bir insonga daxldor bo’lgan hayotiy
zaruratki,uni saqlash shu yurtda yashaydigan har bir fuqoroning
muqaddas burchi bo’lmog’i kerak.
Shavkat Mirziyoyev.
Yigirma birinchi asr taraqqiyot asri bo’lishi bilan bir qatorda, jiddiy glabal muammolari bilan insoniyatni xavotirga solayotgani ham sir emas. Ularni yuksak aql-idrok ,aniq va chuqur o’ylangan amaliy chora-tadbirlar ,taklif va tashabbuslar orqali hal etish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.Shunday global muammolardan biri "Odam savdosi ”dir. U hudud, chegara ,millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir.
Insniyat tarixidagi eng mudhish qullik tushunchasi o’tmishda qolib ketgani yo’q,u hamon turli shakl-shamoyillarda davom etmoqda.Endi kimningdir qo’liga kishan solib ,yelkasiga qamchi urush shart emas.Zamonaviy qullar zo’ravonlik ,qo’rqitish va tahdidlar osdida uy xizmatchilik ,fohishalik,og’ir sharoitlarda ishlashga majbur qilmoqda.
2013 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti tamonidan 30 iyul –Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilingan.Ayni paytda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo’lgan bu turdagi jinoyat dunyo miqiyosida keng tarqalmoqda .BMT va Migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilot mutaxasislarning tahliliy xulosalariga ko’ra ,undan jabr ko’rganlar soni bir necha millionlarini tashkil qilmoqda.Tashvishlanarlisi ,odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda.Ayni vaqtda odam savdosi o’ta xavfli bo’lib ,turli jinoyatlarning sodir etilishiga zamin hozirlaydi.Odam savdosining jinoiy bozorigiyohvandlik vositalari va qurol-yarog’ vositalaridan keyin uchunchi o’rinni egallayotgani uning nechog’lik xavfli illat ekanligidan dalolatdir.
Shu bois odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Prezidentimiz ta’kidlaganidek "O’z bolangni o’zing asra”,”Bir bolaga yeti mahalla ota-ona” kabi shiorlar ostida harakat qilish ,ogoh bo’lish davr talabidir.Hozirda mamlakatimizda yoshlarni to’g’ri yo’lga boshlash,avj olib kelayotgan ushbu muammolardan ularni himoya etish kerakligi,yurtdoshlarimiz bu yo’lga adashib kirib qolmasligi ,qurbon bo’lib qolmasligi uchun yuksak ma’naviyatli bo’lishlari darkor.Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Oliy va Xalq ta’lim vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda turli yot g’oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish ,mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida targ’ibot-tashviqot tadbirlar olib borilmoqda.Xususan umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida”Odam savdosi-davr muammosi”, ”Odam savdosi-millatga xiyonat”, ”Odam savdosi-hudud,chegara,millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzularida insholar va rasmlar tanlovlari o’tkazib kelinmoqda.
Davlatimizning milliy xavfsizligini ta’minlash faqat davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi bo’lib qolmay,balki har bir fuqaroning majburiyati va burchi hamdir. Zotan ,milliy xavfsizligimiz –biz yashayotgan mamlakat, jamiyatimiz, oilamiz,ota-onamiz, farzandlarimiz, qolaversa, kelajak avlodlarimiz xavfsizligidir.
М.Matnazarova,
Xorazm viloyati Gurlan tumani 4-umumiy
o’rta ta’lim maktabi ma’naviy-marifiy
ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari.
Iyul 30, 2020
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 2189 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 2189 marta