Ochiq muloqot
Gurlan tumani hokimligida “Aholiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish borasidagi ishlar” yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda tegishli mas’ullar aholiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tumanda bajarilayotgan ishlar borasida ishtirokchilarga ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Ochiq muloqotda qatnashgan idora-tashkilot xodimlari, mahalalar yettiligi va aholi o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Berilgan savollarga bank xodimlari va tegishli mas’ullar tomonidan to‘laqonli javoblar berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 114 marta