Ochiq muloqot

Joriy yilning 16-noyabr kuni Gurlan tumani hokimi Umrbek Jumaniyazov  ishtirokida “ Aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” bo'yicha ochiq muloqot o'tkazildi.

 

Tadbirda mutasaddi tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok qildi.

Uchrashuvda aholining ehtiyojmand qatlamini qo'llab-quvvatlash, iqtisodiy-ijtimoiy turmush sharoitini yaxshilash va bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berildi.

So'ngra ishtirokchilar fikri tinglanib, qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi. Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 17, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 221 marta