ONA TILIM JOZIBASI
Til-millat ko’zgusi,ma’naviyat sarchashmasidir. Til shunchaki aloqa vositasi emas, balki insonning ichki dunyosini ko’rsatuvchi, olamni idrok qilishga yordamlashuvchi, tafakkur tarzi va kamolotini belgilab beruvchi vositadir.
O’zbek tilining nufuzi bugungi kunda xalqaro maydonlarda ham ortib bormoqda. Bir qator xorij davlaridan kelib o’zbek tilini o’rganib ketayotganlar ham ko’payib bormoqda. Yaqinda Xiva shahriga qilgan sayohatim davomida bir nechta sayyohlarning o’zbek tilida muloqat qilayotganlarining guvohi bo’ldim va o’zimda o’zgacha g’urur, faxr va iftixor tuyg’usini tuydim. Chunki ona tilimizda ulkan boylik, bebaho qadriyatlar va ajdodlarimizning o’lmas merosi, tarixi, o’tmishi va buguni yashaydi.
Bebaho boyligimiz va qadriyatimiz –o’z ona tilimizni har tamonlama rivojlantirishni ta’minlash faoliyatimiz mezoni sifatida dolzarb sanaladi va albatta yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ham ushbu muhim omillarga alohida e’tibor qaratgan holda, maktabimizda 21-oktabr - O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan adabiy-badiiy kechalar va maktab o’quvchilari o’rtasida insholar tanlovlari bo’ib o’tdi. Tаnlovlarda g’olib o’quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanib,tuman bosqichiga yo’llanma oldilar. Bunday ijodiy ishlardan ko’zlangan maqsad ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o’rganish barchamizning asosiy burchimiz ekanligini yosh avlodga yana bir bor eslatib qo'yishdir.
Gurlan tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi MMIBDO’ M.Matnazarova
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 1591 marta