OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 14 oktyabr kuni Gurlan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari U.Davlatov ishtirokida “Aholi salomatligini mustahkamlash, hududda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholining ehtiyojmand qatlamini qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” bo'yicha ochiq muloqot o'tkazildi.
Tadbirda mutasaddi tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok qildi.


Uchrashuvda aholining ehtiyojmand qatlamini qo'llab-quvvatlash, iqtisodiy-ijtimoiy turmush sharoitini yaxshilash va bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berildi. 
So'ngra ishtirokchilar fikri tinglanib, qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi. Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 14, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 778 marta