O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari Xorazmda
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30 mart kuni Xorazmga keldi.
Urganch xalqaro aeroportida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasi tantanali kutib olindi.
Milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Yig‘ilganlar o‘zbek va turk xalqlari do‘stligini olqishladi.
Davlat rahbarlari bugun birgalikda Xivadagi qadimiy obidalarni ziyorat qiladi. Ma’lumki, Xiva shahri Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.
Manba: Uza.uz
Mart 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 603 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 603 marta