O‘zbekiston-Eron biznes-forumi
Xiva shahridagi “Farovon” mehmonxonasida Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Eron biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi, Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati hokimligi hamda Eron tomoni hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda ikki davlatning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdilar.
Forum doirasida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Samad Hasanzoda bilan muloqotda bo‘ldi. Suhbat chog‘ida sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 30 marta