O'yilma mahallasi ko'chasiga asfalt yotqizildi
Gurlan tumanida joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va “eng ko‘p” ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarni xayotga tadbiq qilishda jadal sur’atlarda ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tuman fuqarolari tomonidan “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida tumandagi “O‘yilma" mahallasining 0,65 km uzunlikdagi “Beruniy” ko‘chasiga asfalt yotqizish taklifi bildirilgan va fuqarolar tomonidan ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashdagi ovoz berish natijalari yakuni bo‘yicha jami 1573 ta ovoz berilgan. Hozirgi kunda ushbu 0,65 km uzunlikdagi “Beruniy” ko‘chasiga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 542 marta