O'quv seminar

Gurlan tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi farmon va qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha ekspertlar uchun onlayn tarzida o'quv seminari tashkil etildi.

Seminar doirasida oila va xotin-qizlar bilan ishlash, boquvchisini yo'qotgan xotin-qizlarning farzandlarini davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish, ularga berilgan imtiyozlardan foydalanish, xalq ta'limi sohasida kam ta'minlangan oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish kabi bir qancha mavzularda mutaxassislar tomonidan asosiy ma'lumot va ko'nikmalar berilmoqda.

Gurlan tumani hokimligi  Axborot xizmati


Aprel 20, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 532 marta