O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Ma’lumki, yurtimizda har yili 1 oktyabr — "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot— o‘qituvchi va murabbiylarimizni bugungi kasb bayrami bilan tabriklash an’anaga aylangan.

Shu munosabat bilan, Gurlan tumanida ham bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ulug’bek davlatov so‘zga chiqib, barcha o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.

Bayram tadbirida ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga fidoyiligi va intellektual qobiliyati bilan yuksak hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lgan bir guruh pedagog xodimlar qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Bayram dasturida iqtidorli o‘quvchilar hamda tuman madaniyat bo’limi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarni xushnud etib, bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 482 marta