O'ZBEKISTONNING ISPANIYA VA POLSHA DAVLATIDAGI ELCHILARI GURLAN TUMANIDA
Bugun Gurlan tumaniga O'zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev hamda O'zbekistonning Polshadagi elchisi Baxrom Babayev tashrif buyurdi.
Tuman hokimi Murodjon Achilov boshchiligida O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari tumanda faoliyat ko'rsatayotgan eksportyor korxonalarning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida elchilar bilan tadbirkorlarimiz o'rtasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishga ko'maklashish, yangi investitsiyalarni jalb qilish, xomashyo, dastgohlar olib kelishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, chet el investorlarining tumanimizga kirib kelishi nafaqat iqtisodiy salohiyatning yuqorilashiga, balki yangi ish o'rinlarining yaratilishi, infratuzilma obyektlarining yangilanishi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida yanada mustahkam o'ringa ega bo'lishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 824 marta