O'QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK BO'LSIN!

O'qituvchi – dunyodagi eng e'zozli, ehtirom va e'tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasbdir. Ustoz har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo'yishda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek ulug'”, degan purhikmat naqlida o'qituvchi va murabbiylarga bo'lgan samimiy ehtirom namoyon.

Bugun Gurlan tumanida 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman hokimi M.Achilov so'zga chiqib, barcha o'qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.
Bayram tadbirida ko'p yillik samarali mehnati, kasbiga fidoyiligi va intellektual qobiliyati bilan yuksak hurmat va ehtiromga sazovor bo'lgan bir guruh pedagog xodimlar qimmatbaho sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Bayram dasturida iqtidorli o'quvchilar hamda xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarni xushnud etib, bayramga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Oktabr 01, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 1088 marta