Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar

  •  Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.
  •  
  •  Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.
  •  
  •   I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YaIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
  •  
  •  Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.
  •  
  • Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga  nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.
  •  
  •  I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.
  •  
  •  Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.
  •  
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega.
  •  
  •  I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
  •  
  •  Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.
  •  
  • Xizmat turar joylarida yashayotgan  I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko‘chiriladi.
  •  
  •  Nogironligi bo‘lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (17 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.
  •  
  •  I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi
  •  
  • Byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo‘lgan bolalar to‘lovdan ozod etiladi.
  •  
  •  Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi

 

 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar haqida ushbu havola orqali  tanishishingiz mumkin.


Dekabr 02, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 169 marta