Navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun Gurlan tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan moddiy yordam, uy-joy olish uchun subsidiya olish, tibbiy xizmat, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish kabi turli masalalarda murojaatlar yo‘llandi. Har bir fuqaroning taklif va murojaatlari mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, barcha murojaatlarga qonun doirasida tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, qolgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha tuman hokimi tomonidan aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 423 marta