Navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun Gurlan tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Hokim qabulida fuqarolar tomonidan yo‘llangan 22 ta murojaatning 4 tasi shu yerning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, qolgan murojaatning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

 

Eslatib o'tamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 09, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 459 marta