NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLARGA ZAMONAVIY ELEKTR YURITMALI KRESLO-ARAVACHALAR TOPSHIRILDI

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama yordam berish xalqimizga xos xususiyatlardan sanaladi.

Gurlan tuman hokimligi va tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi hamkorligida tumandagi nogironlik aravachasiga muhtojligi bo‘lgan jami 4 ta fuqaroga zamonaviy elektr yuritmali kreslo-aravachalar topshirildi.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmat


Yanvar 31, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 616 marta