Murojaatlar tezkorlik bilan  hal qilinmoqda

 

Joriy yilda bugungi kungaqadar “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 37 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 8ta sining ijobiy hal qilinishiga erishildi. Gaz ta’minoti bo‘limida murojaatlarni tezkorlik  bilan hal qilishga e’tibor kuchaytirilgan.

Xususan, joriy yilning 27-avgust 2024-yilda tumandagi “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro Rajapov  Ilxom  Amanboyevichning  murojaati  yuzasidan “Gurlantumangaz”gaz ta’minoti bo‘limi  tomonidan fuqaro Rajapov Ilxom Amanboyevichga  suyultirilgan gaz balonni yetkazib berildi. Fuqaro Rajapov Ilxom  Amanboyevich xech kimga  xech qanday  e’tirozi  yo‘qligi to‘g‘risida  tashakkurnoma xati yozib  berdi. Fuqaro Rajapov  Ilxom  Amanboyevichning murojaati ijobiy hal qilindi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, gaz ta’minotidagi muammolarni o‘rganishda  gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlarining joylarga chiqib  o‘tkazayotgan  Sayyor qabullari nihoyatda muhim ahamiyat  kasb etmoqda. Bugungi  kunga  qadar  mahallalarga  borib  aholi bilan muloqot tadbirlari  tashkil  etildi. Xususan, gaz  ta’minoti  bo‘limi  boshlig‘i  Xo‘janboyev Dilmurod  Rimberganovichning “Moyli”  mahallasida o‘tkazgan aholi bilan uchrashuv tadbirida ta’kidlanishicha, ayrim xonadonlarda suyultirilgan gazdan suv isitish qozoniga yoqish uchun foydalanilmoqda. Bu, tabiiyki, suyultirilgan  gazning uni yetkazib berish bo‘yicha tuman hokimligi bilan kelishilgan holda belgilangan  45- kunlik muddatdan  oldin  tugab  qolishiga sabab bo‘lmoqda.

“Hukumatimiz tomonidan  aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gaz imtiyozli ravishda ya’ni  kilogrami  uchun  1600  so‘m  narxda yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda gaz quyish shoxobchalarida suyultirilgan gaz litri erkin narxda o‘rtacha 3900 so‘mdan sotilmoqda. Gazlarda kilogramm birligi litr birligidan ko‘ra salmoqli hisoblanadi. Bu misol imtiyozning nechog‘lik katta ekanligining yaqqol tasdig‘idir. Shuning uchun, ushbu ne’matdan tejamkorlik bilan foydalanish, uni faqat ovqat pishirish va choy qaynatishga sarflash zarur.” -dedi “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i  Xo‘janboyev  Dilmurod  Rimberganovich.

 

 “Nazorat va murojaatlar  bo‘limi” yetakchi mutaxasisi N.Sh.Shukurllayeva


Sentabr 05, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 50 marta