Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Davlat rahbari 2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murodjon Azimov nomzodini Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Murodjon Berdialiyevich Azimov 1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U 2014-2016 yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan. General-mayor Murodjon Azimov 2018 yil fevralidan 2021 yil 18 noyabrigacha Davlat bojxona qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Ayni paytda Prezident viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash vazifalari bo‘yicha ma’ruza qilmoqda.
Manba: O‘zA
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 984 marta