Muqobil energiya: Tuman tajribasida energiya samaradorligi  va energiya tejamkorligi

Qishning betalafot o‘tishi va bu davrda turli muammolarning yuzaga kelmasligi mavsumga ko‘rilgan puxta tayyorgarlikka bog‘liq. Bu jarayonda aholining dolzarb muammolarini aniqlash, energiya samaradorligi va gaz tejamkorligi, ijtimoiy soha obyektlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, ularning yechimini topish hamda qisqa muddatlarda ijobiy hal etish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Gurlan tumani hokimligida tuman hokimi Ruslan O’razbayev rahbarligida tashkil etilgan ochiq muloqotda tumanda energiya tejamkorligiga erishish, gazni iqtisod qilish, sohada yangicha yondashuvlar, tashkiliy va moliyaviy vositalar orqali qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi.

Bu borada mas’ul tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruhi  ham joylarga chiqib, mavjud qishloq xo‘jaligidagi obyektlarning holatini o‘rganish hamda energiya samaradorligini oshirish orqali qishni betalofot o‘tkazishga doir masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish lozimligi qayd etildi.

Binobarin, tumandagi barcha tashkilotlarning  binosi, uning kirish va chiqish qismi, foye va koridorlarda energiya tejamkorligini amalga oshirish mexanizmini o’rnatish, shu bilan birga qishni betalofot o‘tkazish, bunda eng avvalo, elektr va gazni iqtisod qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Albatta, energiya resurslari tejamkorligini amalga oshirish, qishning qor-qirovli kunlarida, ayniqsa, anomal sovuqlarda korxona va tashkilotlarda ish unumdorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 09, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 39 marta