Munosiblar taqdirlandi

Bugun viloyat musiqali drama teatrida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan 15 may –  Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Farovon oila sari” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda oila va xotin qizlar tuman, shahar bo‘limlari mas’ul xodimlari, mahalla xotin-qizlar faollari, ibratli oilalar vakillari hamda faol talaba yoshlar ishtirok etdilar. 

Tanlovga ko‘ra 1-darajali diplom bilan Xiva tumanidan Xudoyberganovlar oilasi, 2-darajali diplom bilan Gurlan tumanidan Bozorboevlar oilasi, 3-darajali diplom bilan Yangiariqlik Qurbonovlar oilasi taqdirlandilar.

Ko‘rik-tanlov yakunida xushuovoz xonandalar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

 

Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati


May 14, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 532 marta