Mukofotlar muborak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning faxriy unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandilar. Jumladan, Xorazm viloyatidan quyidagi eldoshlarimiz mukofotlandi:

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

 

 Raximov Jo‘rabek Raximovich - Xorazm viloyati hokimi;

 

 Sadullaeva Faraxat Aminovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Xorazm viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari;

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

 

 Kushmanov Ilyos - «Shovot-Qulovot» irrigatsiya tizimi boshqarmasining «Daryolik arna» kanali boshlig‘i

 

«Jasorat» medali bilan

 

 Jumaniyazova Dilfuza Arslanovna - «Hunarmand» uyushmasining Xiva shahar bo‘limi a’zosi, tikuvchi

 

«Shuhrat» medali bilan

 

 Tajibaeva Sara -100 yoshdan oshgan onaxon

 

 Rajabova Sultonposhsha Sadullaevna -  Bog‘ot tumanidagi «Bog‘ot agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati agronomi

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Avgust 25, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 41 marta