Migratsiyada bo‘lgan gurlanlik yoshlar bilan onlayn muloqot qilindi

 

Gurlan tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov  va sektor rahbarlari migratsiyada boʻlgan gurlanlik yoshlar bilan onlayn suhbat oʻtkazib, ularning chet davlatlarda qonuniy manfaatlarini, huquqlarini himoyalash, migratsiyadagi fuqarolar va ularning oila aʼzolariga ijtimoiy xizmat koʻrsatish belgilab qoʻyilganligi haqida soʻz yuritildi.

Suhbat davomida migratsiyada boʻlgan yoshlarning oilaviy ahvoli, kelgusidagi maqsadlari oʻrganilib, ular tomonidan bildirilgan muammo va takliflari tinglandi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 12, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 147 marta