Mehnatga yarasha rag‘bat
15 oktyabr – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Gurlan tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nurxon Babajanova paxta dalalarida yurtimiz xirmonini to‘ldirishda hamda xalq farovonligini yanada oshirishda o‘zlarining zahmatkash mehnatlari bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayollar bilan uchrashdi.
Samimiy suhbat chog‘ida jamiyatda xotin-qizlarning tutgan o‘rni tobora ortib borayotgani va ayni paytda, qishloq ayollarining mamlakat agrar sohasi rivojlanishiga qo‘shib kelayotgan hissasi beqiyos ekanligi ta’kidlandi.
Paxta-yigʻim terimida faol ishtirok etayotgan terimchi ayollarga bayram munosabati bilan sovg‘alar topshirildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 535 marta