Besh muhim tashabbus – amalda

Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan xalq saylida 5 ta muhim tashabbus doirasida tadbirlar  bo‘lib o‘tdi.

Xususan, media tur doirasida yoshlar tomonidan san‘atning rassomlik, haykaltaroshlik asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

Yarmarkada ota-onalar farzandlari uchun badiiy adabiyotlar, shuningdek, bolalarga mo‘ljallangan kitoblarni xarid qildilar.

Ochiq tabiat qo‘ynida azaliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan milliy o‘yinlarimizda yoshlarimiz sportning mini futbol, kurash, tosh ko‘tarish, armrestling va arqon tortish turlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Tadbir yakunida g‘oliblar tuman hokimi Murodjon Achilov tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tuman madaniyat bo‘limi yosh xonandalarining badiiy chiqishlari yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 22, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 855 marta