Matbuot anjumani

Bugun Gurlan tuman hokimligida  tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirokida “Tumanda 2023-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2024-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar"mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar va tegishli idora-tashkilot rahbarlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

 Tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2023 yil yakunlari va joriy yildagi ustuvor vazifalar xususida batafsil ma’lumot berdi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar  qator takliflarni bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.

 

Gurlan tuman hokimligi axborot xizmati


Fevral 16, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 183 marta