“Muqobil energiya-tejamkorlik omili” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi
Bugun Gurlan tuman hokimligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57 sonli qarori ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususidagi “Muqobil energiya-tejamkorlik omili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumani ishtirokchilari mavzu yuzasidan tumanda aholini va ishlab chiqarish tarmoqlarini elektr energiya va tabiiy gazga bo‘lgan talabini uzluksiz ta’minlashdagi aniq-hisob kitoblar, energiya resurslarining samaradorligiga erishish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, yangiliklar bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishdi.
Anjumanda tuman bo‘yicha 6ta aniq yo‘nalishlar, ularning maqsadli ko‘rsatkichlari,yo‘l xaritalar ishlab chiqilgani, bu amaliy ishlarni tashkil qilish maqsadida har bir yo‘nalishga tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari mas’ul rahbarlar biriktirilgani “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori bilan ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish tumanda aholini va ishlab chiqarish tarmoqlarini elektr energiya va tabiiy gazga bo‘lgan talabini uzluksiz ta’minlash yuzasidan tuman bo‘yicha manzilli rejalar belgilanganligi haqida ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumani ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va mas’ullar tomonidan batafsil javoblar oldi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 171 marta