Matbuot anjumani

Bugun Gurlan tuman hokimligida  tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirokida “Gurlan tumanning 2023-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari hamda 4 ta sektor hududida 2022- yilda amalga oshirilgan ishlar"mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar va tegishli idora-tashkilot rahbarlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

 Tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2022 yil yakunlari va joriy yildagi ustuvor vazifalar xususida batafsil ma’lumot berdi. 

 

Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar  qator takliflarni bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.

 

Gurlan tuman hokimligi axborot xizmati


Yanvar 16, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 268 marta