Matbuot anjumani
Joriy yilning 27 aprel kuni Gurlan tumanida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok qildi.
Matbuot anjumanida tegishli mutasaddilar tomonidan tumanda "Yoshlar" va "Ayollar" daftariga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan ochiq muloqotda ishtirok qilgan maktab jamoasi o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mavzular yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 405 marta