Matbuot anjumani

Bugun Gurlan tuman hokimligida  tuman hokimi Achilov Murodjon Azamatovich ishtirokida "2021-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022-yil uchun belgilangan ustuvor yo'nalishlar to'g'risida " mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar va tegishli idora-tashkilot rahbarlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

 Tuman hokimi Murodjon Achilov ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2021 yil yakunlari va joriy yildagi ustuvor vazifalar xususida batafsil ma’lumot berdi. 

 

Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar  qator takliflarni bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.

 

Gurlan tuman hokimligi axborot xizmati


Dekabr 16, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 213 marta