Manzura Masharipova - “Yil ayoli” milliy tanlovi respublika bosqichi 1-o‘rin sohibi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida “Yil ayoli” milliy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, mazkur tanlovda Xorazm viloyati Gurlan tumani 36-son MTT mudirasi, "Gurlan Eksport" MCHJ rahbari Manzura Masharipova ham ishtirok etib, “Yil ayoli-2024” tanlovi g'olibi deb e'tirof etildi.
Manzura Masharipova 1977-yil Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan. 2017-yildan “Gurlan eksport” MCHJ taʼsischisi va rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Quvvati 450 ming tonna mahsulot (ko‘chatchilik, uzumchilik, gulchilik) yetishtirishga mo‘ljallangan yer maydoni hamda 27 gektarlik zamonaviy issiqxonasida yiliga 20 ming tonna poliz ekanlari yetishtiradi.
150 o‘rinli maktabgacha taʼlim muassasasini qurib foydalanishga topshirgan.
2022-yilda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2024-yilda “Gurlan don qabul qilish” klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
2020-2024 yillarda 26,4 mln AQSH dollari miqdorida mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasiga eksport qilingan.
So‘nggi 3 yilda 430 nafar xotin-qizlarni ish bilan taʼminlangan.
Manzura Masharipovani yutuq bilan samimiy tabriklaymiz.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 148 marta