Maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv
Joriy yilning 15-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 16-son umumta’lim maktabi hamda 2-sonli va 3-sonli kasb-hunar maktablarida tuman hokimi o‘rinbosari M.Urazmetov tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri Murod Marimov bilan birgalikda 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashdilar.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, oliy ta’limga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 743 marta