Mahallalarda hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligi mavzusida ochiq muloqot
Gurlan tumani “Nurobod” mahallasidagi Madaniyat “Mahallalarda hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligi, aholi hayoti va turmush tarzini yaxshilashdagi ilk qadamlar” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Ochiq muloqotda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug’bek Davlatov, hokim yordamchilari, mas’ul rahbarlar hamda OAV vositalari va blogerlar ishtirok etishdi.
Gurlan tumanidagi mavjud 50 ta mahallalarga tayinlangan hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 161 ta yuridik maqomga ega korxonalar va 462 ta kichik biznes sub’ektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilinib, 623 nafardan ortiq fuqarolar bandligi ta’minlandi.
Shuningdek, 38 ta xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ob’ektlar ishga tushirilib, 57 ta ish o‘rni yaratildi. Bular 16 ta savdo va umumiy ovqatlanish, 7 ta transport va 15 ta boshqa yo‘nalishlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida Gurlan tumanida (yillik limit 58 mlrd so‘m) hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 472 ta loyihaga 11,6 mlrd so‘mlik kreditlar ajratilib, 300 dan ortiq yangi ishchi o‘rni yaratildi.
Shuningdek, 99 nafar fuqarolarga jamg‘arma mablag‘lari va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 273,0 mln so‘mlik subsidiyalar ajratildi. Jumladan, issiqxona yo‘nalishida 42 nafar fuqaroga 176,2 mln so‘m, urug‘lik ko‘chat uchun 3 nafar fuqaroga 2,4 mln so‘m, hunarmandchilik yo‘nalishida 2,2 mln so‘m, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 4,6 mln so‘m, asbob-uskunalar uchun 8,5 mln so‘m, inkubatorlar xarid qilish uchun 22 mln so‘m, tikuv mashinalari xaridi uchun 26,8 mln so‘m subsidiya asosida ajratib berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 519 marta