Mahallalarda "Mahallada duv-duv gap" targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari Gurlan tumanidagi Nurobod madaniyat markazida Vatanparvar mahallasidagi 24-maktab binosida o‘tkazildi.

Maʼnaviy - madaniy tadbirda mahalla faollari, uyushmagan yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir yakunida madaniyat xodimlarining badiiy chiqishlari  barchaga yuqori kayfiyat bagʻishladi.

Ushbu tadbirlardan maqsad – yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini kо‘tarishdan iborat.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari 2024-yilning yanvar oyi mobaynida 5 ta yо‘nalish bо‘yicha tashkil etiladi hamda tumandagi barcha 50 ta mahalla tо‘liq qamrab olinadi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 03, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 192 marta