Mahalla xotin-qizlar faollari uchun seminar

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekiston psixologlar assotsiyatsiyasi bilan hamkorlikda "Mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish" mavzusida bir kunlik seminarlarga start berildi.

Seminardan asosiy maqsad  xotin-qizlar faollarida oilalar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish, ruhiy tushkunlikka tushgan shaxslar va zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish hamda ajrimlarning oldini olishga qaratilgan psixologik bilimlarni shakllantirish va maxsus ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 25, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 282 marta