Mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni va «Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida mahalla xotin-qizlar faollari uchun 21-noyabrdan 10-dekabrga qadar o‘quv seminarlari o‘tkazilishi belgilangan.
Bugun Gurlan tuman hokimligida Yangibozor va Shovot tumanlari mahalla xotin-qizlar faollari uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish metodikasi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv jarayonida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi G.Asqarova, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi F.Boyjanov hamda viloyat va tumandagi hamkor tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 416 marta