Mahalla raisi – hudud islohotchisi
Bugun 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida fuqarolar yig‘inlari raislarining (osoqollarining) saylovini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi a’zolari uchun seminar tashkil etildi.
Unda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i G‘anisher Eshonqulov, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Dilbar Niyazmetova, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi xodimi Sanjar Yakubovlar tomonidan seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq normativ hujjatlar yana bir bor to‘liq tanishtirildi.
Ishchi guruhlariga saylovni o‘tkazishdagi e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, qonunchilik bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda namunali saylov amaliyotda qanday o‘tkazilishi ko‘rsatildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 641 marta