MUROJAATLAR TEZKORLIK BILAN HAL QILINMOQDA
Joriy yilda bugungi kunga qadar “Gurlantumangaz” gaz ta'minoti bo'limiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 20 ta murojaat kelib tushgan bo'lsa, shunda 20 tasining ijobiy hal qilinishiga erishildi. Gaz ta'minoti bo'limida murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilishga e'tibor kuchaytirilgan.
Xususan, joriy yilning 15 iyul 2021 yil kuni tumandagi O'zbekiston fermerlar uyushmasi, Ogohiy ko'chasi № 33 uyda yashovchi Abdullayev Sherimat Mavlonovich uyida suyultirilgan gaz tugaganligi sababli bir ballon suyultirilgan gaz keltirib berishlarini so'rab gaz ta'minoti bo'limiga murojaat qilgan. Abdullayev Sherimat Mavlonovich 15 iyul 2021 yil kuni gaz ballonini 20 kg suyultirilgan gaz bilan to'ldirib imtiyozli narxlarda “Gurlantumangaz” gaz ta'minoti bo'limi tomonidan iste'molchi xonadoniga suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, gaz ta'minotidagi muammolarni o'rganishda gaz ta'minoti bo'limi rahbarlarining joylarga chiqib o'tkazayotgan sayyor qabullari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga qadar mahallalarga borib aholi bilan muloqot tadbirlari tashkil etildi. Xususan, gaz ta'minoti bo'limi boshlig'i Dilmurod Xo'janboyevning Birlashgan mahallasida o'tkazgan aholi bilan uchrashuv tadbirida ta'kidlanishicha, ayrim xonadonlarda suyultirilgan gazdan suv isitish qozoniga yoqish uchun foydalanilmoqda. Bu, tabiiyki, suyultirilgan gazning uni yetkazib berish bo'yicha tuman hokimligi bilan kelishilgan holda belgilangan 45 kunlik muddatdan oldin tugab qolishiga sabab bo'lmoqda.
“Hukumatimiz tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gaz imtiyozli ravishda ya'ni kilogrami uchun 1120 so'm narxda yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda gaz quyish shoxobchalarida suyultirilgan gaz litri erkin narxda o'rtacha 2700 so'mdan sotilmoqda. Gazlarda kilogramm birligi litr birligidan ko'ra salmoqli hisoblanadi. Bu misol imtiyozning nechog'lik katta ekanligining yaqqol tasdig'idir. Shuning uchun, ushbu ne'matdan tejamkorlik bilan foydalanish, uni faqat ovqat pishirish va choy qaynatishga sarflash zarur.” -dedi “Gurlantumangaz” gaz ta'minoti bo'limi boshlig'i Dilmurod Xo'janboyev
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 738 marta