Murojaatlar tezkorlik bilan hal qilinmoqda
Joriy yilda “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 16 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shunda 10 tasining ijobiy hal qilinishiga erishildi. Gaz ta’minoti bo‘limida murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilishga e’tibor kuchaytirilgan.
Xususan, joriy yilning 6-yanvar kuni tumandagi “Ziyokor” mahallasi yashovchi O‘razaliev San’atning uyida suyultirilgan gaz tugaganligi sababli bir ballon suyultirilgan gaz keltirib berishlarini so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Xalq qabul xonasiga murojaat qilgan. O‘razaliev San’atning 7-yanvar kuni gaz ballonini 20 kg suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib imtiyozli narxlarda “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan iste’molchi xonadoniga suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, gaz ta’minotidagi muammolarni o‘rganishda gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlarining joylarga chiqib o‘tkazayotgan Sayyor qabullari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga qadar mahallalarga borib aholi bilan muloqot tadbirlari tashkil etildi. Xususan, gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Xo‘janboevning Qangli mahallasida o‘tkazgan aholi bilan uchrashuv tadbirida ta’kidlanishicha, ayrim xonadonlarda suyultirilgan gazdan suv isitish qozoniga yoqish uchun foydalanilmoqda. Bu, tabiiyki, suyultirilgan gazning uni yetkazib berish bo‘yicha tuman hokimligi bilan kelishilgan holda belgilangan 45 kunlik muddatdan oldin tugab qolishiga sabab bo‘lmoqda.
“Hukumatimiz tomonidan aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga suyultirilgan gaz imtiyozli ravishda ya’ni 1 kg uchun 1120 so‘m narxda yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda gaz quyish shoxobchalarida suyultirilgan gaz litri erkin narxda o‘rtacha 3500 so‘mdan sotilmoqda.
“Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi
Nazorat va murojaatlar yetakchi mutaxassisi N.Sh.Shukurlaeva
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 632 marta