MOYLI MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Moyli mahallasi hokim yordamchisi U.Bazarboyev va Gurlan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’ining o’rinbosari Yangiboyev Qahramon tomonidan ishsiz yoshlarga tadbirkorlikni boshlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi haqida ma‘lumot berib o‘tildi.
Tadbirda fuqarolar murojaatlari ham tinglandi. Xususan, uchrashuv davomida Saparboyev Po‘lat inkubator sotib olmoqchiligini, Ataxanov Zoxidjon asalarichilik faoliyatini boshlamoqchiligini aytdi.
Hokim yordamchisi U.Bazarbayev ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 638 marta