MIB ogohlantiradi: ijro hujjatlari haqidagi xabarlar SMS shaklida boradi

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi tomonidan fuqarolarning qarzi borligi va uni Telegram tarmog‘i orqali osongina to‘lash mumkinligi haqidagi feyk xabarlar ko‘plab foydalanuvchilarga yuborilmoqda.

Ogoh bo‘ling! Shaxsiy raqamlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish haqida har qanday xabarlar feyk hisoblanadi va Majburiy ijro byurosi tomonidan yuborilmaydi, xabarlar faqatgina, SMS xabar orqali hamda “MIB” ko‘rinishidagi akkauntdan yuboriladi.

Hurmatli fuqarolar, shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash, kiberhujumlarni oldini olish maqsadida o‘zingizga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni rasmiy bo‘lmagan va shubha uyg‘otuvchi platformalarga kiritmasligingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, qarzdorlik haqidagi har qanday ma’lumotlarni Byuroning “MIB.UZ” rasmiy sayti va Byuroda murojaatlarni elektron qabul qilish markazining «1107» qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.


Mart 26, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 218 marta