MARKAZI XODIMLARI O'Z FAOLIYАTINI BOSHLADI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5168-son qaroriga asosan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzurida yuridik xizmat ko'rsatish markazlari o'z faoliyatini boshladi. Jumladan, joriy yil oktyabr oyi dastlabki kunlaridan viloyatning Gurlan tumanida ham 5 shtat birligidan iborat 11 ta davlat organi va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish markazi o'z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Prezident qarori bilan markazlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
-yuridik xizmat ko'rsatiladigan davlat tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta'minlash va ularga sifatli va malakali yuridik yordam ko'rsatish;
-davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
-davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o'z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta'minlash hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo'lishini ta'minlash.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Gurlan tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan bugungi kungacha, 11 ta hujjat yuzasidan huquqiy xulosalar berildi.
Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan xizmat ko'rsatiladigan davlat organ va tashkilotlariga "E-huqushunos" elektron dasturiga ulanish, undan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berib kelinmoqda.


Oktabr 12, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 766 marta