MAKTAB PSIXOLOGLARI UCHUN SEMINAR TASHKIL QILINDI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-sonli qaroriga muvofiq maktablarda psixologik xizmatni takomillashtirish maqsadida maktab psixologlari uchun o'quv seminar tashkil qilindi.
Seminarda tuman xalq ta'limi bo`limining bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi psixolog-metodisti D.Saparboyeva metodist X. Karimov va umumiy o'rta ta'lim maktablarining amaliyotchi psixologlari qatnashdi.
Seminar treningda 6-maktab psixologi N.Xudayberdiyeva pedagogik jamoa, sinf rahbarlari va ota-onalarning psixologik savodxonligi hamda kompetentligini oshirishda dastlabki psixologik-pedagogik bilim va tushunchalar, har bir o'quvchiga individual yondashuv orqali oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiуena va sog'lom turmush tarzi bo'yicha tavsiyalarni berdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 631 marta