MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI RAHBARI GURLAN TUMANIDA
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzoxid Ubaydullaev Gurlan tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Vatanparvar” mahallasi hududidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida hokim yordamchilari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda “mahallabay” ishlash tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi, ushbu tizim orqali har bir xonadon va fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini ijobiy hal etish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish har bir rahbar va hokim yordamchilari faoliyatining asosiy va ustuvor vazifasi ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 875 marta