MAHALLA RAISLARI MALAKASINI OSHIRISHGA DOIR O'QUV SEMINARI O'TKAZILDI
Gurlan tumani “Nurobod” mahallasidagi Madaniyat uyida tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig'inlari raislari uchun o'quv-seminar mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Mazkur o'quv-seminarda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig'i B.Ochilov, tuman hokimining o'rinbosari, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i R.Dosimov, Din ishlari bo'yicha Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Masharipova qatnashdi.
O'quv seminarida quyidagi mavzular bo'yicha fuqarolar yig'inlari raislarining bilimlari oshirildi.
Aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo'yicha “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” printsipi asosida hamkorlikni tashkil etish, bu borada fuqarolar yig'inlarining vazifalari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari;
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimning mazmun-mohiyati hamda uni mahallalarda joriy etish mexanizmlari;
«Mahallabay» ishlash tizimining mazmuni va mohiyati hamda uni amaliyotga joriy etishda fuqarolar yig'ini raislarining vazifalari;
Mahallalarda aholi bandligini ta'minlash mexanizmlari;
Mahallalarda o'zaro hurmat, mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini shakllantirishda fuqarolar yig'inlari xodimlarining vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari;
Oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning sabablarini bartaraf qilish, notinch oilalardagi muhitni sog'lomlashtirish bo'yicha manzilli ishlarni tashkil etish tartib-taomillari;
Islom va jamiyat;
Mahallalarda qonun ustuvorligini ta'minlash va aholi muammolarini hal etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari;
Fuqarolar yig'ini organlari faoliyatini tashkil etish tartibi;
Mahalla raisining keksalar bo'yicha maslahatchisi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi va “Keksalar maslahati” guruhi faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari;
Fuqarolar yig'inlarida ish yuritishni tashkil etish, hujjatlarni yuritish, saqlash va arxivlashtirish qoidalari;
Fuqarolar yig'ini faoliyatini moliyalashtirish, bankdagi hisob varaqalarini yuritish tartibi mavzulari bo'yicha tinglovchilarga zarur ma'lumotlar berib o'tildi.
Seminar davomida fuqarolar yig'inlari raislari tomonidan tizimga doir fikr-mulohaza va takliflar seminar davomida muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalardagi mavjud ijtimoiy va maishiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning o'ziga xos jihatlari atroflicha muhokama etildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 639 marta