Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Xorazm viloyat hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Jo‘rabek Raximov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida viloyatda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning oqibatlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining bugungi holati chuqur tahlil etildi. Shuningdek, “Ochiqlik indeksi” bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma’lumotlarni davriy e’lon qilish masalalari muhokama qilindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 189 marta