Korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri
Gurlan tumani 9-son bolalar musiqa va san’at maktabida Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi raisi Jasur Axmedov tomonidan “Korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta'minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgani ta'kidlandi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi. Shundan so‘ng, tuman sudi raisi yig‘ilganlarning savollariga batafsil javob berib, muammolarni hal qilish uchun barchamiz mas'ulligimizni, faqatgina davlat organlari tomonidan masalani hal qilishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilishi emas, balki mahalla fuqarolari tomonidan tashabbus bilan chiqilishi lozimligi, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda barchamiz mas'ul ekanligimiz to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 92 marta