Ko‘prik yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi
Gurlan tumanining chegara qismida joylashgan olis mahallaridan biri Besh uy mahallasida ancha yillardan beri eskirib, ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan ko‘prik aholi vakillari hamda shu yerdan o‘tuvchi transport haydovchilari uchun ancha noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.
Bugun o‘zgacha, zamonaviy qiyofada mahalla ahli, faollar, tashabbuskor mahalla homiylari tomonidan birdam va hamjihatlik bilan qurib bitkazilgan ko‘prikning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov, sektor rahlarlari, nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etdilar va qo‘llarini duoga ochib, ezgu tilaklar bildirdilar
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 159 marta