Ko‘p kvartirali uylarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘gʼrisida”gi PQ-5152-sonli qarori ijrosini ta’minlash, fuqarolarga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatilishini taʼminlash maqsadida, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Gurlan tumanidagi “Shodlik” mahallasi “Bobur” ko‘chasida joylashgan 5, 6, 7-sonli uylarning tom qismlarida dasturga asosan, "Ko‘p xonadonli uylar va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi" DUK buyurtmachiligida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

 

@xorazmkomxizmat


May 21, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 596 marta